“Marquee” baholash kompaniyasida sayyor dars

“Marquee” baholash kompaniyasida sayyor dars

  2021-yilning 9-fevral sanasida “Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasining dotsenti, i.f.n. M.Raimjanova tomonidan BIR-1 guruhi magistratura talabalariga “Qimmatli qog‘ozlar qiymatini baholash” fanidan sayyor dars tashkil etildi. Sayyor dars MChJ “Marquee” baholash kompaniyasining ofisida bo‘lib o‘tdi. Darsni Sharipov Asliddin Fazliddin o‘g‘li olib bordi.

 

  Ma’lumot o‘rnida, “Marquee” kompaniyasi ko‘char mulk, ko‘chmas mulk va biznesni baholash, TIA, biznes plan tuzish bilan shug‘ullanadi. Ushbu firmaning mijozlari qatorida “O‘zbekiston Temir yo‘llari” AJ, “O‘zbekenergo” DAJ, “Dori-darmon” AK, “O‘ztransgaz” AJ, “TTZ” AJ, “O‘zkimyosanoat” AJ, “Bekobodtsement” AJ, “Navoiyazot” AJ, “Agregat zavodi” AJ, “DD General Insurance” MChJ va bir qator bank hamda sug‘urta kompaniyalarini ko‘rish mumkin. Baholash kompaniyasi CIPA, ICFM, ACCA, CFA kabi xalqaro sertifikatlarga ega.

16:51 / 2021-02-10
Success helper
Success warning