“O’ZBEKINVEST” eksport-import milliy sug’urta kompaniyasida ochiq eshiklar kuni

“O’ZBEKINVEST” eksport-import milliy sug’urta kompaniyasida ochiq eshiklar kuni

 Bugun (23.12.2019), “O’ZBEKINVEST” eksport import milliy sug’urta kompaniyasi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yil 2-avgust kuni tasdiqlangan PQ 4412-sonli Qarorida belgilangan yo’nalishlardan biri - sug’urta sohasida ilmiy tadqiqot faoliyatini rag’batlantirish va sug’urta bozorini yanada takomillashtirish bo’yicha “Raqamli iqtisodiyotga o’tish davrida sug’urta kompaniyalari xizmat ko’rsatishda Online sug’urta va innovasion sug’urta mahsulotlarini ishlab chiqish” mavzusi targ’ib etilgan ochiq eshiklar kunini o’tkazdi.

 

 Bu tadbirda Toshkent moliya instituti “Sug’urta va pensiya ishi” kafedrasi o’qituvchilari Sh.Zakirxodjayeva, U.Maksudova, F.Hamrayeva va G.Adilovalar ishtirok etdilar. Davra suhbatida Sh.Zakrixodjayeva innovasion sug’urta mahsulotlarini ishlab chiqishda sovrinli tanlov o’tkazish fikrini bildirdi. Bunda “Sug’urta ishi” yo’nalishida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishlari va o’zlarining yangi g’oyalarini taklif eta olishlarini ta’kidlab o’tdi. G.Adilova esa “Online” sug’urtani joriy etishda “Blokcheyn” texnalogiyasini qo’llashni taklif etdi. Suxbat davomida “O’ZBEKINVEST” eksport import milliy sug’urta kompaniyasining yarim yillik hisoboti taqdim etildi. Unda erishilgan yutuqlar va kamchiliklar ham ta’kidlanib o’tildi.

 

 Tashrif yakunida “O’ZBEKINVEST” eksport import milliy sug’urta kompaniyasi rahbar hodimlari “Sug’urta ishi” yo’nalishi tehsil olayotgan, bitiruvchi kurs iqtidorli talabalarini konkurs asosida ishga qabul qilish rejalarini aytdi.

 

 

16:40 / 2019-12-23
Success helper
Success warning