Polotsk davlat universiteti professor-o‘qituvchilarining tashrifi

Polotsk davlat universiteti professor-o‘qituvchilarining tashrifi

  Xabaringiz bor, Toshkent moliya instituti va Polosk davlat universiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumiga, shuningdek o‘zaro hamkorlikda kadrlar tayyorlash yuzasidan shartnomaga binoan TMI-PDU qo‘shma fakulteti tashkil etilib, 2019/2020 o‘quv yilida belgilangan tartibda talabalar qabuli amalga oshirilgan. Hozirgi kunda ushbu fakultetning 1-2 kurslarida jami 177 nafar talaba tahsil olmoqda.

 

TMI-PDU qo‘shma fakultetida ta'lim jarayoni Belorus Respublikasi ta'lim vaziri hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri bilan kelishuvi asosida hamkor OTMlar rektorlari tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan qo‘shma o‘quv rejalarda belgilangan taqsimotga muvofiq 60/40 nisbatida bajarilishi belgilab qo’yilgan.

 

2021-yilning 23-fevralidan boshlab hamkorlik doirasida Polotsk davlat universititetining 3 nafar professor-o‘qituvchilari:

PDUning ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori Golubev Yuriy Petrovich;

Texnologiyalar va o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri Dovgyalo Natalya Viktorovna;

Hisob, moliya, logistika va menejment kafedrasi mudiri Maley Yelena Borisovna o’quv rejalarini bajarish (dars o’tish) maqsadida O’zbekistonga keldilar.

 

Hamkorlarning Toshkent moliya institutiga tashriflari rektorimiz To'lqin Teshabayev bilan uchrashuvdan boshlandi. Mehmonlarga institutda yaratilgan sharoit va imkoniyatlarni tushuntirish asnosida TMI-PDU fakulteti qoshida tashkil etilgan tayyorlov kursi haqida ham ma’lumot yetkazildi. Abiturientlarni maqsadli tarzda talabalikka qabul qilish yuzasidan ikki tomon takliflari ishlab chiqilib, qo’shimcha shartnomalar imzolandi.

 

 

14:47 / 2021-02-24
Success helper
Success warning