Talabalarimiz chempion!

Talabalarimiz chempion!

 

Joriy yilning 12-15-oktabr kunlari Qozog’iston Respublikasi Ostona shahrida “Belbog’li kurash” sport turi bo‘yicha o‘smirlar-yoshlar hamda kattalar o‘rtasida Jahon chempionati bo'lib o'tdi. 
 

Mazkur musobaqada Toshkent moliya instituti “Moliya” fakulteti MXVKM-70 guruh talabasi Abdunabiyeva Farangiz munosib ishtirok etib, faxrli 3-o’rinni egalladi. 
 

Shuningdek, Toshkent shahrida 6-9 oktabr kunlari “Slalomda eshkak eshish” sport turi bo‘yicha O’zbekiston chempionati bo’lib o’tdi. 
 

Ushbu musobaqada Institutimiz “Sirtqi” fakulteti SBXA-85 guruh talabasi Salimov Otabek Alijon o’g’li munosib ishtirok etib, faxrli 2-o’rinni egalladi.






 

Mazkur sharafli g'alabalar bilan institutimiz jamoasi sovrindor talaba-yoshlarimizni va “Jismoniy madaniyat va sport faoliyati” kafedrasi professor-o‘qituvchilarini tabriklaymiz!
 

06:00 / 2022-10-19
Success helper
Success warning