Ogohlikni men qanday his etaman?

Ogohlikni men qanday his etaman?

   14-aprel kuni “Xorijiy tillar” kafedrasi tomonidan kafedra haftaligi doirasida “Ogohlikni men qanday his etaman?” mavzusiga bag‘ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

 

     Tadbirga O‘zbekiston xalkaro islom akademiyasi Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi mudiri, yuridik fanlar nomzodi, dotsent Tuychieva Xamida, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi "Ijtimoiy gumanitar fanlar" kafedrasining siyosiy fanlar doktori (PhD) O‘ktamjon Shakarov taklif etildilar.

 

    Tadbirda so’zga chiqganlar bugungi kunda jahonning turli nuqtalarida ro‘y berayotgan terrorchilik xatti-harakatlari, qonli mojarolar, mutaassiblik, o‘zaro nizolarning mudhish oqibatlari haqida, avvalo, o‘sib kelayotgan yosh avlodda tasavvur hosil qilish, inson ongini zaharlashga urinayotgan yovuz niyatli kimsalar aldovidan ehtiyot bo‘lishga undash, joylarda ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish xozirgi kunda eng muhim vazifalaridan biriga aylanganini ta’kidladilar.

 

16:32 / 2021-04-15
Success helper
Success warning