“Yosh g’aznachi” ilmiy to’garagidagi navbatdagi mashg’ulot

“Yosh g’aznachi” ilmiy to’garagidagi navbatdagi mashg’ulot

     “Byudjet hisobi va g’aznachilik ishi” kafedrasi qoshida tashkil etilgan, G.Qosimova va D.Tashmuxamedova rahbarligida faoliyat yurituvchi “Byudjet nazoratchi” va “Yosh g’aznachi” ilmiy to’garagida navbatdagi mashg’ulot o’tkazildi.

 

     Ushbu ilmiy to’garak mashg’uloti avvalgilaridan ajralib turdi. Chunki unda Toshkent moliya instituti o’quv ishlari bo’yicha prorektor, i.f.d., prof. A.J.Tuychiyev ishtirok etib, “G’aznachilik tizimining tarixi va davlat byudjeti g’azna ijrosining dolzarb muammolari” mavzusidagi ma’ruza bilan qatnashdi.

 

     Mavzuni yoritishda O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti g’azna ijrosi bo’yicha nazariy ma’lumotlar keltirdi, g’aznachilik tizimiga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirilishi va g’aznachilikda davlat moliyaviy nazoratining ahamiyatini oshirish to’g’risida gapirdi.

 

     Shuningdek, A.Tuychiyev talabalarning darsdan tashqari kutubxonada kitob o’qishlari va mustaqil ta’lim bilan shug’ullanishi muhimligi to’g’risidagi fikr-mulohazalar bildirdi.

 

14:34 / 2019-12-18
Success helper
Success warning