Toshkent moliya instituti talabalari Sibir Federal Universitetida tashkil etilgan “Yozgi Universitet-2022” loyihasi  doirasida ishlab chiqarish jarayonlari bilan amaliyot obyektlarida tanishishdi

Toshkent moliya instituti talabalari Sibir Federal Universitetida tashkil etilgan “Yozgi Universitet-2022” loyihasi  doirasida ishlab chiqarish jarayonlari bilan amaliyot obyektlarida tanishishdi

 

Avval xabar qilganimizdek, 2022-yilning 10-iyulidan Rossiya Federatsiyasi Krasnoyarsk shahrida “Yozgi Universitet-2022” loyihasi  doirasida  rejalashtirilgan tadbirlar o‘z faoliyatini boshlagan edi va unda Toshkent moliya instituti talabalari va professor-o‘qituvchilari ham ishtirok etmoqda. “Real va virtual dunyoda global tadbirkorlik: ESG-iqtisodiy transformatsiya” mavzu doirasida Sibir Federal Universitetida tashkil etilgan “Yozgi Universitet-2022” loyihasi doirasida tashkil etilgan amaliy mashg‘ulotlar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obyektlarida tashkil etilib, talabalar amaliyot obyektlarining o‘zida jarayonlar amaliyoti bilan tanishishdi.



Xususan, Toshkent moliya instituti talabalari V.N. Gulidova nomidagi Krasnoyarsk rangli metal zavodida, “Rusal” Krasnoyarsk alyumin zavodida va boshqa amaliyot obyektlarida ish jarayonlari bilan tanishishdi. Amaliyot obyektlarida talabalar ushbu korxonalarning mamlakat iqtisodiyoti uchun ahamiyati, ulardagi ish jarayonlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi, moliyaviy natijalari kabi masalalari bilan tanishib, o‘zlari uchun zarur bo‘lgan ushbu korxonalarning strategik rejalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olishdi.



10:29 / 2022-07-25
Success helper
Success warning