“Zulfiyaxonim – muhabbat va sadoqat timsoli”

“Zulfiyaxonim – muhabbat va sadoqat timsoli”

Toshkent moliya institutida 2022-yil 2-mart kuni Xotin-qizlar Kengashi tashabbusi bilan O‘zbekiston xalq shoirasi, taniqli jamoat va davlat arbobi Zulfiyaxonim tavalludining 107 yilligiga bagishlab Zulfiyaxonim – muhabbat va sadoqat timsoli” deb nomlangan badiiy kecha tashkil etildi.  





Tadbirga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira  Umida Abduazimova, Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati  Dilfuza Yusupova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Bobur Bobomurod kabi ijodkorlar tashrif buyurdilar va latif suhbatlaridan talaba-qizlarni bahramand etdilar.





Shuningdek, badiiy kechaning mazmuni “Qizlarjon” klubining ijodkor talaba-qizlari va san’atkor talaba-yigitlarning badiiy-she’riy kompozitsiyalari bilan yanada jozibali tus oldi. 

 

Shoira Umida Abduazimova talaba-qizlarga o‘ndan ortiq kitoblari va she’riy to‘plamlarini hadya qilish bilan birga, iste’dodli va ijodkor qizlarimizga o‘qish va ishlarida muvaffaqiyatlar tilab qoldilar.

 

Tadbirda institutning “Moliyachi gulshani” ashula va raqs ansambli san’atkorlari va badiiy rahbari Niyozali Ortiqmatov ijrosida Zulfiya va Hamid Olimjon she’rlariga bastalangan qo‘shiqlar yangradi.














08:53 / 2022-03-03
Success helper
Success warning