Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari “Amirsoy” tog‘-chang‘i majmuasida!

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari “Amirsoy” tog‘-chang‘i majmuasida!

2022-yil 25-fevral kuni Toshkent moliya instituti tashabbusi bilan poytaxtimizdagi 21-son Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun “Amirsoy” tog‘-chang‘i majmuasiga sayohat tashkil etildi. Sayohatda mehribonlik uyining 40 nafar tarbiyalanuvchilari ishtirok etishdi.

 

 

 

Azim tog‘lar bag‘rida joylashgan, zamonaviy turizm madaniyati sifat darajasida barpo etilgan. Bir so‘z bilan aytganda, milliy turizm sohasining eng zamonaviy obyektlaridan biri bo‘lgan mazkur majmua bolalarda katta va unutilmas taassurot qoldirdi.

 

 

 

Sayohat so‘ngida Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari va rahbariyati ushbu sayohatni tashkil etishda yaqindan yordam bergan Toshkent moliya institutiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirib o‘tishdi.

11:19 / 2022-02-26
Success helper
Success warning