Innovatsiyalar va rivojlanish strategiyasi

Innovatsiyalar va rivojlanish strategiyasi

Joriy yilning 3-mart kuni Artel kompaniyasi rahbariyati va talabalar o‘rtasida “Innovatsiyalar va rivojlanish strategiyasi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

 

 

Unda institut rektori To‘lqin Teshabayev, prorektori Sultonali Mehmonov hamda Artel kompaniyasi moliya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Bektemir Murodov, professor-o'qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi.

 

 

Mazkur uchrashuvda Artel kompaniyasi moliya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Bektemir Murodov talabalar bilan o‘z tajribasi, talabalik yillari hamda o’z sohasidagi muvaffaqiyat yo‘li to‘g‘risidagi fikrlari bilan bo‘lishdi. 

 

U talabalarni rag‘batlantirish maqsadida “Bilmagan narsangizni so‘rashdan qo‘rqmang. Doim oldinga intiling. Aniq reja tuzish va doimiy harakat qilish muvaffaqiyatga yetaklaydi”, degan fikrlarni alohida ta’kidladi. 

 

 

Uchrashuv davomida talabalar ko’plab savollar bilan yuzlanishdi. Savollarning aksariyati Artel kompaniyasiga ishga kirish haqida bo‘ldi. Bu savollarga javob berarkan, Bektemir Murodov hech qachon ortga chekinmaslik kerakligini, inson maqsadi sari dadil harakat qilishi lozimligini aytib o‘tdi.

 

 

Ushbu uchrashuvdan maqsad talabalarga kerakli maslahatlar orqali motivatsiya berishdir.

 

Uchrashuv davomida rektor tomonidan Moliya instituti talabalari bitiruvchilari uchun “Mehnat yarmarkasi” tashkil etilishi ma’lum qilindi. Yarmarkada talabalar Artel kompaniyasiga ishga kirish imkoniga ega bo‘lishadi.

17:41 / 2022-03-04
Success helper
Success warning