Oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlar bilan hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan Bahorgi Forum

Oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlar bilan hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan Bahorgi Forum

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Fan va texnologiyalar boʻyicha respublika kengashi raisi A.Aripov rahbarligida oʻtkazilgan fan va texnologiyalar boʻyicha respublika kengashi majlisida 2022-yilda oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlar bilan hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan Bahorgi Forumga ilmiy tadqiqoti yakunlangan, tijoratlashtirishga hamda joriy etishga tayyor loyihalarni tanlab olishni tashkil etish maqsadida 2022-yil 18-fevral kuni Innovatsion rivojlanish vazirligida vazirliklar kesimida taqdimotlar tashkil etildi. 

Ushbu uchrashuvda Toshkent moliya instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Islamkulov Alimnazar Xudjamuratovich va Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo'limi boshlig'i Mavlanov Normumin Normamatovichlar ishtirok etishdi. Taqdimotlar yakunida Toshkent moliya instituti “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar kreditga layoqatliligini baholashning skoring modeli-1.0” elektron dasturi va “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy samaradorligini baholash va reytingini aniqlash tartibi” elektron dasturi innovatsion ishlanmalari bilan ishtirok etib, Bahorgi Forumga qatnashish uchun yoʻllanma olishga erishdi.


19:29 / 2022-02-18
Success helper
Success warning