Bir asrning ikki dahosi

Bir asrning ikki dahosi


Joriy yilning 10-fevral kuni Toshkent moliya instituti tashabbusi hamda Toshkent shahar Uchtepa tumani “Alixonto‘ra Sog‘uniy” mahalla fuqarolar yig‘ini bilan hamkorlikda 296-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faollar zalida Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi hamda shoh va shoir, davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligiga bag‘ishlangan “Nazm va Navo” tadbiri o‘tkazildi.











Tadbirda institutning “Moliya” kafedrasi professor-o’qituvchilari, mahalla faollari hamda 296-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o’quvchilari ishtirok etishdi. 

296-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarining Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Boburning hayotini yorituvchi sahna ko‘rinishlari hamda she’riy chiqishlari tomoshabinlarda iliq taassurot qoldirdi.

Tadbir davomida institut “Moliyachi gulshani” ashula va raqs ansambli tomonidan Alisher Navoiy g‘azallariga bastalangan qo‘shiqlar ijro etildi.







19:31 / 2022-02-10
Success helper
Success warning