“Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida tyutorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi

“Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida tyutorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy – ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻg‘risida”gi PQ-5040-son qaroridagi bir qator vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent moliya institutida joriy yilning 23-noyabr kuni “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida soha vakillari bilan institut tyutorlarining ochiq muloqoti tashkil etildi.

 

 

Mazkur uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti “Axborot-tahlil” boʻlimi bosh inspektori Zafarjon Faxriddinov, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi boshlig’i Darvishov Sardor Rustamovich, Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi boʻlimi boshligʻi Ochilov Bobur Baxtiyorovich hamda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boʻlimi xodimi O'ktam Jo'rayevlar ishtirok etishdi.

 

 

Shuningdek, ochiq muloqotda soha vakillari tomonidan institut tyutorlarining talaba-yoshlar bilan ishlash jarayonida ular bilan olib borilayotgan ma’naviy-marifiy ishlar samaradorligini oshirish, talabalar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurash va uning oldini olish boʻyicha huquqiy targʻibotlarni amalga oshirish belgilab olindi.

 

 

 

Bu kabi ochiq muloqotlarni tashkil etish orqali institut tyutorlarining faoliyat samaradorligini oshirish, shuningdek, talaba-yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish hamda yoshlar bilan yaqindan muloqot olib brogan holda, turli axborot xurujlaridan asrashi ko‘zda tutilgan.

21:32 / 2022-11-23
Success helper
Success warning