Davlat tili – milliy maʼnaviyatimiz timsoli

Davlat tili – milliy maʼnaviyatimiz timsoli

Joriy yilning 19-oktyabr kuni Byudjet hisobi va gʻaznachilik fakulteti  tasarrufidagi “Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi tomonidan 21-oktyabr – Oʻzbek tiliga davlat maqomi berilgan kunga bagʻishlangan “Davlat tili – milliy maʼnaviyatimiz timsoli” mavzusida kafedra haftaligi doirasida tadbir oʻtkazildi.

 

Mazkur tadbirga soha mutaxassislari sifatida A.Navoiy nomidagi Oʻzbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti, f.f.n. M.Turdibekov, Toshkent moliya instituti “Oʻzbek va rus tillari” kafedrasi professori, f.f.d. N.Husanovlar taklif etildi. Tadbirda fakultet dekani R.Saidov, “Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi professor-oʻqituvchilari va talabalar ishtirok etishdi.

 

Tadbirda maʼruzachilar qadimiy til sifatida eʼtirof etilgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy qadriyat, oʻzlikni anglash, mustaqil davlatchilik timsoli, maʼnaviy boylik, xalqimiz hayotidagi siyosiy-ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etishini qayd etishdi.

20:28 / 2022-10-21
Success helper
Success warning