Davlat xizmatida savodxonlik masalalari

Davlat xizmatida savodxonlik masalalari

Joriy yilning 17-noyabr kuni Iqtisodiyot fakulteti “Iqtisodiy xavfsizlik” kafedrasi tomonidan “Davlat xizmatida savodxonlik masalalari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

 

Mazkur tadbirga mehmon sifatida O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi – Qodirova Go‘zal Toshkenboyevna tashrif buyurdi.

 

 

 

Davra suxbatida insonlarda yaxshi taassurotlar qoldirishga xizmat qiluvchi, muloqotni osonlashtiruvchi, istiqbol va martabaga ta'sir ko’rsatuvchi, turli chalkashlik va noaniqlikdan qochish imkoniyatini oshiruvchi hamda standartlarga muvofiqlikni ta’minlovchi savodxonlikning muhim jihatlariga e’tibor qaratildi.

 

 

 

 

 

 

Tadbir interaktiv muloqot ko’rinishda bo’lib o’tdi va yakunda faol talabalarga mehmon tomonidan esdalik sovg’a sifatida kitoblar taqdim etildi.

17:34 / 2022-11-18
Success helper
Success warning