“ELEKTRON TIJORAT TEXNOLOGIYALARI” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI

“ELEKTRON TIJORAT TEXNOLOGIYALARI” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI

    Toshkent axborot texnologiyalar universiteti professori, texnika fanlari doktori M.Yakubov “Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot” kafedrasi taklifiga ko’ra 2019-yil 29-noyabr kuni Byudjet hisobi va g’aznachilik fakultetining BET-50 guruh talabalari uchun “Elektron tijorat texnologiyalari” mavzusida davra suhbati o’tkazdi.

 

    M.Yakubov elektron tijorat texnologiyalari haqida gapirar ekan ijtimoiy tarmoq dasturlariga alohida urg’u berib o’tdi. Ma’ruzachining ta’kidlashicha birgina instagram dasturidan bugungi kun holati bo’yicha 800 milliondan ortiq insonlar ro’yxatdan o’tgan bo’lib, 2018-yil yakuniga ko’ra bir kunda 4 million 200 ming foydalanuvchi insta-like hamda 100 milliondan ortiq rasm va videolar yuklar ekan.

 

    Yuqorida qayd etilgan raqamlar elektron tijorat texnologiyalaridan samarali foydalanish natijasida keladigan aktiv va passiv daromad manbalarini tashkil eteshini talabalar bilib oldilar.

.

 

 

11:25 / 2019-12-06
Success helper
Success warning