Elsevier kompaniyasining Markaziy Osiyo boʻyicha vakillari bilan hamkorlik masalalari muhokama etildi

Elsevier kompaniyasining Markaziy Osiyo boʻyicha vakillari bilan hamkorlik masalalari muhokama etildi

Joriy yilning 13-iyul kuni Toshkent moliya instituti va “Elsevier” kompaniyasining Markaziy Osiyo va Ozarbayjon boʻyicha mintaqaviy direktori Damir Raxmetov va Elsevier kompaniyasining Rossiya va Markaziy Osiyo boʻyicha mijozlar maslahatchisi Kirill Ivanov ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Unda institut prorektorlari prof. S.Mexmonov va A. Islamkulovlar ishtirok etdi.

 

 

 

Muzokaralar davomida institutda ilmiy maqolalar boʻyicha nashrlarni koʻlamini kengaytirish, h-indeksini oshirish, Scopus va SciVal maʻlumotlar bazalaridan foydalangan holda institut tassarufidagi kafedralarning ilmiy faoliyatini yanada kengaytirish, shuningdek,  Elsevier kompaniyasi hamkorligida xalqaro konferensiyalarni tashkil etish kabi qator vazifalarni hamkorlikda amalga oshirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.
00:23 / 2022-07-15
Success helper
Success warning