“Globallashuv sharoitida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash” mavzusida mahorat darsi

“Globallashuv sharoitida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash” mavzusida mahorat darsi

Joriy yilning 27-dekabr kuni “Iqtisodiy xavfsizlik” kafedrasi tomonidan “Globallashuv sharoitida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. Mahorat darsini O‘zbekiston Respublikasi Qishloq Xo‘jaligi Vazirligi qoshidagi Toshkent Davlat Agrar Universiteti «Agroiqtisodiyot va turizm» kafedrasi dotsenti, i.f.n. Saidova Dildora Nurmatovna olib bordi.

 

 

Mahorat darsi davomida ma’ruzachi tomonidan bugungi kunda juda dolzarb bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasida oziq‑ovqat xavfsizligini ta’minlash, uning mezonlari va ko‘rsatkichlari hamda globallashuv sharoitida oziq‑ovqat xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari masalalariga alohida e’tibor berilayotganligi amaliy misollar bilan tushuntirildi.

 

Mahorat darsi davomida yangi ma’lumotlarga ega bo‘lindi hamda savol-javoblarga boy tarzda tashkil etildi.

22:13 / 2022-12-28
Success helper
Success warning