Abdulla Qahhor hayoti va ijodi haqidagi “Haqiqat mendan ustun” hujjatli filmi namoyish etildi

Abdulla Qahhor hayoti va ijodi haqidagi “Haqiqat mendan ustun” hujjatli filmi namoyish etildi

Kinematografiya agentligining «Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi» DUK hamda Toshkent moliya instituti bilan hamkorlikda Abdulla Qahhor hayoti va ijodi haqidagi “Haqiqat mendan ustun” hujjatli filmi suratga olingan edi. Mazkur film joriy yilning 17-dekabr kuni institut 1-maruzalar zalida talab-yoshlarga namoyish etildi.

Mazkur tadbirda kartina ssenariysini yozgan jurnalist Iqbola Qo‘shayeva, rejissyorlar Muzaffar Qoraboyev, Ilhomjon Haydarovlar, operator Samijon Sunnatillayev, rassom Suhrob To‘ychiyev va montaj ustasi Husan Yusupov ishtirok etishdi.

«Haqiqat mendan ustun» filmi  s’yomka jarayonlari adib tug‘ilgan xonadon, uy-muzeyi, kutubxona, Adiblar xiyoboni va boshqa ob’ektlarda bo‘lib o‘tgan. Kartina arxiv kadrlar va intervyular bilan yanada boyigan. Adibning asarlari yozilish tarixi, muhim voqeliklar, xarakteridagi alohidalik ssenariy muallifining e’tiboridan chetda qolmagan. Kartinada adibning o‘yga cho‘mgan, ijod og‘ushida mast bo‘lgan holatlari tasvirida u haqidagi bor ma’lumot tomoshabinga yetkazishga urinilgan.











21:17 / 2021-12-20
Success helper
Success warning