Institut xodimlari “Xattotlik sanʼatining milliy hunarmandchilikdagi ifodasi” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishdi

Institut xodimlari “Xattotlik sanʼatining milliy hunarmandchilikdagi ifodasi” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi tomonidan 2023-yil 11-fevral kuni fotosuratlar uyida “Sohir qalam moʻjizasi” Respublika xattotlik va miniatyura koʻrgazmasi takillashtirilgan boʻlib, koʻrgazma doirasida “Xattotlik sanʼatining milliy hunarmandchilikdagi ifodasi” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya gibrid shaklida oʻtkazildi.

 

Ushbu tadbirda Toshkent moliya instituti xodimlari faol ishtirok etishdi.

 

Koʻrgazmada yurtimizning barcha hududlarida faoliyat olib borayotgan mohir xattotlar va amaliy sanʼat ustalari va hunarmandlarning ijodiy ishlari namoyon etildi. Institut xodimlari hunarmandlarning ijodiy ishlari bilan yaqindan tanishishdi va “Ebru” usulida suvda rasm chizishda faol qatnashdilar.

 

Konferensiyada sharq mamlakatlarida xattotlik tarixi va maktablari, ularning yetuk namoyondalari, xattotlik sanʼati namunalari qoʻllaniladigan sohalar, arab yozuvining asosiy uslublari, ularning qoʻllanilishi, Oʻrta Osiyo xattotlik sanʼati taraqqiyoti tarixi, hozirgi davrda xattotlik sanʼati rivojiga hissa qoʻshayotgan oʻzbek xattotlari toʻgʻrisida soʻz yuritildi.

 

Ushbu ilmiy-amaliy konferensiyada institutimizning tyutorlari xam qatnashib, xattotlik sanʼati, tarixi va maktablari haqida maʼlumotlariga ega boʻldilar.

09:27 / 2023-02-13
Success helper
Success warning