TMIda “Lektoriy konsert” dasturi namoyish etildi

TMIda “Lektoriy konsert” dasturi namoyish etildi

Joriy yil 28-oktabr kuni Toshkent moliya instituti bilan O‘zbekiston davlat filarmoniyasi hamkorligi doirasida “Lektoriy konsert” dasturi namoyish etildi.

 

Konsert dasturida "Madaniyat va sanʼat fidokori" ko‘krak nishoni sohibi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xor jamoasi badiiy rahbari va dirijyori Gulnora Malikova hamda filarmoniya qoshidagi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xor jamoasi o‘zining xor uchun maxsus qayta ishlangan turli millat qo‘shiqlari hamda o‘zbek xalq termalarini mohirona ijro etib, sanʼatga oshufta bo‘lgan talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilarni xushnud etdilar.

 

 

 

Sanʼat va madaniyatni talaba-yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish, qalblarga musiqa va ijrochilik sanʼatiga bo‘lgan mehr-muhabbatni singdirish maqsadidagi O‘zbekiston davlat filarmoniyasi badiiy jamoalarining institutdagi bu kabi “Lektoriy konsert” dasturlari keyingi oylarda ham muntazam ravishda tashkil qilib boriladi.

 

 

 

 

 

18:39 / 2022-10-29
Success helper
Success warning