TTJda “Men sevib oʻqigan kitob” mavzusida tadbir oʻtkazildi

TTJda “Men sevib oʻqigan kitob” mavzusida tadbir oʻtkazildi

 

2022-yil 19-oktyabr kuni Byudjet hisobi va gʻaznachilik fakulʼteti tasarrufidagi “Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi tomonidan kafedra haftaligi doirasida 1-sonli talabalar turar joyida taniqli adib Oʻtkir Hoshimovning hayoti va ijodiga bagʻishlangan “Men sevib oʻqigan kitob” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda yozuvchi Oʻtkir Hoshimovning hayoti va ijodiga bagʻishlangan maʼruza eshitildi.Talabalar ishtirokida Oʻtkir Hoshimov qalamiga mansub asarlar yuzasidan viktorina savol-javoblari oʻtkazildi va faol ishtirok etgan talabalar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

12:04 / 2022-10-22
Success helper
Success warning