Mini-futbol sport turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

Mini-futbol sport turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yurish yugurish, mini futbol, badminton, stritbol va “Work out” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”  PQ-5282 sonli qarori hamda PQ-92 sonli qarorlarini ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 20-fevral kuni institut sport majmuasida “Paxtakor kids”“Buyuk turon” mahallasi hamda “Jismoniy madaniyat va sport faoliyati” kafedrasi hamkorligida sportning “Mini futbol” turi bo’yicha musobaqa o’tkazildi.



Musobaqani O’zbekiston Respublikasi futbol assotsiatsiyasi prezidenti Abdusalom Azizov, futbol bo’yicha O’zbekiston olimpia terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapatze hamda Toshkent moliya instituti rektori Teshabayev To’lqin Zokirovichlar ochib berdilar.



Ushbu musobaqada 20 dan ortiq jamoalar ishtirok etdi. Musobaqada yakuniga ko’ra, yuqori natijalarni qayd etgan jamoalar  diplom va estalik savg’alari bilan taqdirlandi.




16:43 / 2022-02-21
Success helper
Success warning