Mumtoz va zamonaviy qoʻshiqlar ijrochiligi boʻyicha musobaqa bo'lib o'tdi

Mumtoz va zamonaviy qoʻshiqlar ijrochiligi boʻyicha musobaqa bo'lib o'tdi

Joriy yilning 12-dekabr kun institut tasarrufidagi 3-sonli Talabalar turar joyida yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida 5 ta muhim tashabbus doirasida talaba-qizlar oʻrtasida mumtoz va zamonaviy qoʻshiqlar ijrochiligi boʻyicha musobaqa tashkil etildi.

Mazkur musobaqa 3-son TTJ tarbiyachi-pedagogi G.Xidoyatova va “Moliyachi gulshani” ashula va raqs ansambli rahbari N.Ortiqmatov tomonidan qavatlar kesimidagi jamoalar oʻrtasida tashkil qilindi. Talaba-qizlar tomonidan ijro etilgan mumtoz va zamonaviy qoʻshiqlar hakamlar hayʼati tomonidan baholab borildi. 

Gʻoliblikni qoʻlga kiritgan jamoalarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovgʻalari topshirildi. “Yangi yil” bayrami oldi oʻtkazilayotgan bu kabi tadbirlar va tanlovlar talaba-yoshlar boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda isteʼdodlarini yuzaga chiqarishda muhim oʻrin tutadi.






 

11:33 / 2021-12-14
Success helper
Success warning