Mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish uchun suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda

Mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish uchun suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq institutda mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish uchun 08.00.07-“Moliya, pul muomalasi va kredit”, 08.00.08-“Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” ixtisosliklari bo‘yicha suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.









Mustaqil izlanuvchilikka talabgor hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan institutga Yagona elektron tizim – Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi (https://phd.mininnovation.uz/) orqali murojaat qiladi hamda o‘rnatilgan tartibda barcha hujjatlar to‘liq bo‘lganda suhbat jarayoniga ruxsat etiladi.

Maʼlumot uchun: mustaqil izlanuvchilik — falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga daʼvogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shakli. 





Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarni tanlab olish har chorakning uchinchi oyigacha bo‘lgan muddatda ixtisoslik bo‘yicha suhbat natijalari va ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasasidagi qabul komissiyasining tegishli xulosasi bo‘yicha amalga oshiriladi.

Institut rektorining 2023-yil 17-avgustdagi 309-son buyrug‘iga muvofiq 2023 yilning IV choragidan mustaqil izlanuvchilkka qabul qilish bo‘yicha institut qabul komissiyasi, appelatsiya komissiyasi tarkibi va ixtisoslik fanlari bo‘yicha suhbat tashkil etiladigan vaqti hamda joyi tasdiqlangan. 

 



Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar bilan o‘tkaziladigan suhbat jarayonlarining adolatli va shaffof tashkil etish maqsadida barcha jarayon videoyozuvga yozib olinmoqda.

Ixtisoslik bo‘yicha suhbat natijalari institut qabul komissiyasining tegishli xulosasiga asosan mustaqil izlanuvchilikka qabul qilingan talabgorlar ro‘yxati rektor buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.

 

08:00 / 2023-08-24
Success helper
Success warning