Ilmga baxshida umr

Ilmga baxshida umr

2022 yilning 17-noyabr kuni Toshkent moliya institutining “Ijtimoiy  fanlar” kafedrasi mudiri, tarix fanlari doktori, professor Oblomurodov Naim Halimovichning 70 yillik yubileyi va ilmiy-pedagogik faoliyatining 45 yilligi munosabati bilan “Yangi Oʻzbekistonda tarix fanini oʻqitishning dolzarb masalalari ijtimoiy-siyosiy oʻzgarishlar va strategik islohotlar samaradorligining muhim omili” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.

 

 

 

Unda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.H.Toshqulov, institut Oʻquv ishlari boʻyicha prorektori S.U.Mehmonov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori A.X. Islamkulov, Oʻzbekiston FA vitse-prezidenti, tarix fanlari doktori, prof. B.A.Abduxalimov, Oʻzbekiston FA vitse-prezidenti, tarix fanlari doktori, prof. A.X. Asqarov, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatkan fan arbobi, i.f.d., prof. Yo.A.Abdullayev, kafedra mudirlari, dekanlar, ustozlar va shogirdlar, mehmonlar ishtirok etdilar.

 

Tadbirda soʻzga chiqqanlar Oʻzbekiston tarix fani fidoiylaridan biri, tarix fanlari doktori, prof. N.H.Oblomurodovning ilmiy-ijodiy faoliyatiga doir izlanishlari va hayoti yoʻllari hususida oʻzlarining samimiy fikrlarini bildirdilar.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Professor  N.H.Oblomurodov yangi avlod adabiyotlarini yaratishda faollik koʻrsatib kelmoqda. Jonkuyar tarixchi yangicha tamoyillar va kreativ yondashuvlar asosida tariximiz solnomasini yoritadigan qator ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilmoqda. Ustozning ilmiy-pedagogik faoliyati natijasida 3ta monografiya, 4ta darslik, 10ta oʻquv qoʻllanma, 5ta oʻquv-uslubiy qoʻllanma, 100dan ortiq ilmiy maqola va tezislar shular shumlasidandir.

 

 

 

 

 

 

Professor  N.H.Oblomurodov ilmiy-pedagogik faoliyati davomida shogirdlarga ham oʻz bilim va tajribalarini oʻrgatib kelmoqda. Natijada ustoz rahbarligida 2 nafar fan doktori va 3 nafar tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) tayyorlangan. Hozirda N.H.Oblomurodovning  shogirdlari Respublika oliy taʼlim tizimi hamda Davlat boshqaruv organlarida masʼuliyatli lavozimlarda faoliyat koʻrsatib kelmoqdalar.

 

 

 

 

 

 

 

Ustoz mamlakat oliy taʼlim tizimi rivoji yoʻlidagi xizmatlari uchun 2011-yilda Oʻzbekiston mustaqilligining 20 yilligi, 2021-yilda 30 yilligi koʻkrak nishonlari bilan taqdirlangan.

 

 

 

 

 

 

Ustozga uzoq umr, oilaviy tinchlik-xotirjamlik tilab qolamiz.

20:42 / 2022-11-17
Success helper
Success warning