“Nazm va Navo” kechasi

“Nazm va Navo” kechasi

Oila-mahalla-ta’lim muassasasi hamkorligini mustahkamlash borasidagi Prezident farmonining amalda ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent moliya instituti hamda Uchtepa tumanida joylashgan 14-umumta’lim maktabi hamkorligida 2022-yil 12-fevral kuni O‘zbek adabiyoti asoschisi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi hamda shoh va shoir, davlat arbobi Zahiriddin Muxammad Bobur tavalludining 539 yilligiga bag‘ishlangan “Nazm va Navo” kechasi o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda institut Ilmiy-adabiy maslahatchisi O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir Bobur Bobomurod, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari, Oliy va amaliy matematika kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi. 











Tadbir davomida institut “Moliyachi gulshani” ashulla va raqs ansambli rahbari N.Ortiqmatov tomonidan Alisher Navoiy g‘azallariga bastalangan qo‘shiqlar ijro etildi. Tadbirda 14-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari tomonidan Alisher Navoiy hamda Zaxiriddin Muxammad Boburning hayotini yorituvchi sahna ko‘rinishlari hamda she’riy chiqishlari tomoshabinlarda iliq taassurot qoldirdi.





 

22:30 / 2022-02-12
Success helper
Success warning