Toshkent moliya institutida ”Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi

Toshkent moliya institutida ”Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi


Joriy yilning 10-fevral kuni Toshkent moliya instituti “Sugʻurta va pensiya ishi” kafedrasi tomonidan Yunusobod tumanidagi 105-sonli umumiy oʻrta talim maktabi oʻquvchilari uchun ”Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.
 

Tadbir davomida maktab oʻquvchilariga institut toʻgʻrisida, jumladan, instituti fakultetlari, yoʻnalishlari, mutaxassisliklari boʻyicha malumot berildi.


 

Maktab oʻquvchilari institut binosi, faollar zallari, kompyuter xonalari, axborot resurs markazi, talabalarning startap loyihalarini ishlab qichishga qaratilgan “Akseleratsiya va inkubatsiya” markazi va dars mashgʻuloti xonalari bilan bevosita yaqindan tanishib, shart-sharoitlarni koʻzdan kechirishdi.















 

“Ochiq eshiklar kuni” tadbirini oʻtkazishdan maqsad – yoshlarda Toshkent moliya institutida talim olish toʻgʻrisida malumotga ega boʻlish.
 

Tadbir maruza va qiziqarli savol javoblar orqali yakunlandi.

 

19:13 / 2023-02-10
Success helper
Success warning