Voleybol sport turi bo‘yicha talaba-yoshlar o‘rtasida “Rektor kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Voleybol sport turi bo‘yicha talaba-yoshlar o‘rtasida “Rektor kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 6-aprel kuni Toshkent moliya instituti sport majmuasida “Jismoniy madaniyat va sport faoliyati” kafedrasi hamda “Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar” boʻlimi tomonidan sportning Voleybol turi boʻyicha “Rektor kubogi” musobaqasi yuqori saviyada oʻtkazildi. 

 

Musobaqaga taniqli sharhlovchi Mirzaxakim Toʻxtamirzayev tashrif buyurib, qiziqarli va jonli tarzda sharhlab bordi.

 

Iliq va doʻstona ruhda oʻtgan “Rektor kubogi”da barcha fakultet jamoalari hamda mehmon sifatida taklif etilgan Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetining voleybol boʻyicha qizlar terma jamoasi ishtirok etishdi. 

Yakuniy natijalarga koʻra:

 

Yigitlar jamoasidan:

 

  •  I-oʻrinni “Buxgalteriya hisobi va audit” fakulteti jamoasi;
  •  II-oʻrinni “Moliya” fakulteti jamoasi;
  •  III-oʻrinni “Iqtisodiyot” fakulteti jamoasi egalladi

 

Qizlar jamoasidan:

 

  •  I-oʻrinni “Soliqlar va sugʻurta” fakulteti jamoasi;
  •  II-oʻrinni “Budjet hisobi va gʻaznachilik” fakulteti jamoasi;
  •  III-oʻrinni “Kechki taʼlim”  jamoasi egalladi.

 

Musobaqaning yakuniy natijalariga koʻra, gʻolib jamoalarga “Moliyachi” sport klubi tomonidan diplom, medal, “Rektor kubogi” va esdalik sovgʻalari topshirildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

11:50 / 2023-04-07
Success helper
Success warning