KAFEDRA FILIALIDA NAVBATDAGI AMALIY MASHG‘ULOT BO‘LIB O‘TDI

KAFEDRA FILIALIDA NAVBATDAGI AMALIY MASHG‘ULOT BO‘LIB O‘TDI

 

Joriy yilning 29-aprel kuni  “Sug‘urta va pensiya ishi” kafedrasi va “Uzbekinvest”EISK bilan tasdiqlangan o‘quv dasturi asosida "Sug‘urta maktabi" tomonidan institutning Soliqlar va sug‘urta fakultetining “Sug‘urta ishi” ta’lim yo‘nalishida o‘qiydigan 1-kurs, SS-70 va SS-71 guruhlari talabalari uchun "Eksport qaltisliklarini sug’urtalash va sug’urta polislarini sotish texnologiyasi" mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Seminarda kafedra dotsenti v.b S.Matiyazova xamroxligida talabalar amaliy mashg‘ulotda qatnashdilar.

 





 

O‘quv mashg‘ulotida kompaniya Bosh menejeri B.Jumabayev taqdimot qildi. Unda "Eksport qaltisliklarini sug’urtalash va sug’urta polislarini sotish texnologiyasi" mavzusi talabalar e’tiboriga havola etildi. Kafedra filiali tomonidan tashkil etilayotgan bunday o‘quv mashg‘ulotlari talabalarga oliygohda olgan nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog‘lashga,kasb ko‘nikmalariga ega bo‘lishga hamda kelgusida Respublika sug‘urta bozoriga etuk soha mutaxassislarini tayyorlab berishda alohida ahamiyat kasb etmoqda.

 

10:23 / 2023-05-02
Success helper
Success warning