“Sheʼriyat gulshani” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy boʻlib oʻtdi

“Sheʼriyat gulshani” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy boʻlib oʻtdi

 

Joriy yil 15-fevral kuni “Iqtisodiyot” kafedrasi tomonidan kafedra haftaligi doirasida “Sheʼriyat gulshani” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist Turgʻun Beknazarov, Toshkent moliya instituti “Madaniyat va sanʼat boʻlimi” boshligʻi, shoir Bobur Bobomurod, “Iqtisodiyot” kafedrasi professor-oʻqituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi. 








 

Tadbir avvalida Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist Turgʻun Beknazarov ishtirokchilarni buyuk shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kuni bilan tabriklab, u zotning ijodlariga toʻxtalib oʻtdi. T.Beknazarov Zahiriddin Muhammad Bobur shaxsiy kechinmalarini jiddiy umumlashma darajasiga koʻtara olganligi va natijada, asarlarida olgʻa surilgan gʻoyalar umuminsoniy qadriyatlar darajasiga koʻtarilganligini alohida taʼkidladi. 
 

Shuningdek, tadbir davomida Bobur ijodidan koʻplab gʻazallar oʻqildi. Tom maʼnoda adabiyot kechasiga aylangan uchrashuv talabalarda iliq taassurot qoldirdi.

21:33 / 2023-02-15
Success helper
Success warning