“TEXNOPARK” MCHJda KAFEDRALAR FILIALLARI O’Z FAOLIYATINI BOSHLADI

“TEXNOPARK” MCHJda KAFEDRALAR FILIALLARI O’Z FAOLIYATINI BOSHLADI


Bugungi kunda Toshkent moliya institutida fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasi uzluksizligini ta’minlash yuzasidan bir qator samarali ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, joriy yilning 16-fevral kuni “TEXNOPARK” MCHJda Toshkent moliya instituti “Menejment va marketing” hamda “Iqtisodiyot” kafedralarining zamonaviy tarzda innovatsion jihozlangan filiali ochildi. 





Ochilishning tantanali qismida “TEXNOPARK” MCHJ Bosh direktori S.Ahadov, Toshkent moliya instituti rektori professor T.Teshabayev,   Kompaniya xodimlari, institut professor-oʻqituvchilari, talabalar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.







Kafedralar filialini ochishdan maqsad – Korxonaning talab va xususiyatlariga mos keladigan kadrlarni tayyorlash, amaliyotga yo’naltirilgan o’quv jarayonini birgalikda rivojlantirish, yuqori malakali mutaxassislar yo’nalishlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, ta’lim, ilmiy, amaliy va ishlab chiqarish sohalarida innovatsion faoliyatni birgalikda amalga oshirish, TMI va TEXNOPARK  o’rtasida barqaror hamkorlik aloqalarini o’rnatishdir.  











Ma'lumot o'rnida aytish kerakki, bugungi kunda Toshkent moliya institutining 4 ta kafedrasi filiallari tashklil etilgan.

Taʼkidlash kerakki, “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” hamda Prezidentimiz raisligida 2021-yil 16-iyun kuni bo’lib o’tgan Oliy ta’lim tizimidagi ustuvor vazifalarga bag’ishlangan Videoselektor yigʻilishida Iqtisodiyot tarmoqlarida fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada kuchaytirish hamda amaliyot korxonalarida kafedralar filiallari faoliyatini yo’lga qo’yish vazifalari belgilab berilgan edi.








 

19:00 / 2022-02-16
Success helper
Success warning