2022 YIL 18-NOYABR KUNI “UMR TEZLIKDAN MUHIMDIR” VA “XAVFSIZLIK KAMARI – HAYOT GAROVI” SHIORLARI OSTIDA TALABALAR BILAN UCHRASHUV O’TKAZILDI

2022 YIL 18-NOYABR KUNI “UMR TEZLIKDAN MUHIMDIR” VA “XAVFSIZLIK KAMARI – HAYOT GAROVI” SHIORLARI OSTIDA TALABALAR BILAN UCHRASHUV O’TKAZILDI

 

Institutda yo’l harakati xavfsizligini ishonchli taʼminlash, yoʻl-transport hodisalarining barvaqt oldini olish maqsadida “Umr tezlikdan muhimdir” va “Xavfsizlik kamari – hayot garovi” shiorlari ostida Toshkent shahar IIBB, YXXB, YPXB 3-Batalion 5-Safarbarlik guruhi katta inspektori, leytenant R.Madrimov va leytenant S.Bo‘ronovlar ishtirokida tadbir tashkil etildi. Tadbirda “Buxgalteriya hisobi va audit” fakulteti dekani D. Rustamov, o‘quv ishlari bo’yicha dekan muovini Z.Beknazarov, tyutorlar va “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi mudiri I.Ochilov hamda o‘qituvchilar, talabalar ishtirok etishdi.

 

Tadbir so‘ngida YPXB xodimlari talabalarga o‘zlarini maslahatlarini va tavsiyalarini berishdi.  Tadbir barcha ishtirokchilar uchun foydali bo‘ldi.

 




 

Uchrashuvda Yunusobod tumani YXXB, YPXB boshliq o‘rinbosari,   leytenant R.Madrimov  tomonidan talabalarga O‘zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining  2022-yil 12-apreldagi 172-son qaroriga kiritilgan o‘zgarishlar batafsil tushuntirildi. Yo‘l-transport xodisalarining oldini olish choralari, xavfsizlik kamarini taqish va piyodalar o‘tishdagi xavfsizlik masalalariga aniq amaliy misollar bilan tushuntirib o‘tishdi.

 

Talabalar yo‘ldagi xavfsizlik masalasi bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollar berishdi va ular inspektorlardan savollarga aniq javoblar oldi va suhbat qizg‘in, qizirqarili davom etdi. Uchrashuvda “Piyodalar o‘tish joyi”, “Piyodalar yo‘lkasi”, “Piyoda va velosiped yo‘lkasi”, “Xavfsizlik orolchasi”,  “Piyodalarning majburiyatlari va shu kabi bir qancha atamalarni izohlab, tushuntirish berishdi.

10:00 / 2022-11-19
Success helper
Success warning