Toshkent moliya instituti hamda Moskva davlat universiteti hamkorligida videokonferensiya bo‘lib o‘tdi

Toshkent moliya instituti hamda Moskva davlat universiteti hamkorligida videokonferensiya bo‘lib o‘tdi

2021-yil 27-dekabr kuni Moskva shahridagi Moskva davlat pedagogika universiteti hamda Toshkent moliya instituti hamkorligida  videokonferensiya bo‘lib o‘tdi. 

Unda “Byudjet hisobi va g‘aznachiligi” fakulteti dekani, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent R.B.Saidov, “O‘zbek va rus tillari” kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent N.X.Yunusova, kafedra xodimlari hamda “Rus tilini o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari doktori, dotsent V.D.Yanchenko  ishtirok etishdi. 

Uchrashuvda fakultet dekani R.B.Saidov qutlov so‘zi bilan o‘zaro hamkorlik istiqbollari hamda ilmiy, o‘quv va o‘quv-uslubiy tadbirlarni amalga oshirish rejalari haqida gapirdi. 

Kafedra mudiri N.X.Yunusova Toshkent moliya institutining tashkil topish tarixi, faoliyat olib borayotgan fakultet va kafedralar, Toshkent moliya institutining respublikamizdagi reytingi va xalqaro aloqalari haqida ma’lumot berdi. 

Moskva pedagogika universitetining rus tilini o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri – V.D. Yanchenko V.I.Dal tavalludining 
220 yilligiga bagʻishlangan ilmiy maqolalar toʻplamini nashr etish taklif bilan chiqdi, shuningdek, G.G.Gorodilovaning  (1922-2013) yubileyiga bagishlab o’tkaziladigan “RKLni OʻQITISHDA   AKKULTURASYANNING DOLZARB MUAMMOLARI”  mavzusidagi  xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etish taklifini bildirdi.   
 
Shuningdek, axborot va uslubiy yordamni tashkil etish imkoniyatlarini o‘rganish, o‘quv-uslubiy va ilmiy faoliyat bo‘yicha ishlarni tashkil etish, hamkorlikda o‘tkaziladigan konferensiya materiallarini to‘plam va fotohisobot ko‘rinishida chop etish, shuningdek, TMI va MPDU veb-saytlarida yoritib borish  imkoniyatlari    haqida gaplashildi. 

Mahorat darslari, amaliyot o‘tash hamda malaka oshirishni tashkil etish rejalari muhokama qilindi. 
Videokonferensiya ijobiy va yuqori darada o‘tdi, tomonlar o‘zlarining chuqur  minnatdorliklarini bildirdilar.





16:39 / 2021-12-24
Success helper
Success warning