Sochi shahridagi birinchi kun: Toshkent moliya instituti xalqaro koʻrgazmada ishtirok etdi

Sochi shahridagi birinchi kun: Toshkent moliya instituti xalqaro koʻrgazmada ishtirok etdi

 

2022-yil 10-oktabr kuni Toshkent moliya instituti jamoasi Rossiyaning Sochi shahrida boʻlib oʻtgan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishning oldini olish (POD/FT)  yoʻnalishi boʻyicha Xalqaro tarmoq institutiga (MSI) aʼzo oliy taʼlim muassasalari “Taʼlim va karyera” nomli xalqaro koʻrgazmada ishtirok etdilar. 
 

Koʻrgazma Oʻzbekiston, Rossiya, Kozogiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Belorussiya va BRIKS davlatlari ishtirokida boʻlib oʻtdi.
 

Xalqaro koʻrgazma Sochidagi Sirius federal okrugidagi ilmiy-ijodiy markazda, mingdan ortiq ishtirokchilar, oliy taʼlim muassasalari vakillari, xalqaro ekspertlar ishtirokida tantanali ravishda oʻtkazildi. 
 

Xalqaro koʻrgazma ishtirokchilari oliy taʼlim muassasalari vakillariga milliy taʼlim tizimi boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarni berish imkoniga ega boʻldilar. Oʻz navbatida, oliy taʼlim muassasalari vakillari har bir dasturning oʻziga xos xususiyatlari, oʻquv jarayoni, amaliyot oʻtash va oʻqishni tugatgandan soʻng ishga joylashish imkoniyalari haqida batafsil maʼlumot berdilar. 
 

Koʻrgazma tadbirlari doirasida oliy taʼlim muassasalari vakillari oʻrtasida ishchi uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.
 

11:23 / 2022-10-12
Success helper
Success warning