Xorij taʼlim jarayonlari bilan tanishish, xalqaro tajriba va amaliy ko‘nikmalar - vakillarimizning Chexiya Respublikasidagi malaka oshirish jarayonlari o‘z nihoyasiga yetdi

Xorij taʼlim jarayonlari bilan tanishish, xalqaro tajriba va amaliy ko‘nikmalar - vakillarimizning Chexiya Respublikasidagi malaka oshirish jarayonlari o‘z nihoyasiga yetdi

 

Institutning bir guruh professor-o‘qituvchilari va xodimlari Yevropa amaliy fanlar va menejment instituti taklifiga asosan tashkil etilgan Chexiya Respublikasidagi malaka oshirish kurslarida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.
 

Malaka oshirish kurslari yakunida 3 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha istiqboldagi maqsadlar belgilab olindi.









Xususan:
 

- xalqaro reytinglarda yuqori o‘ringa ega Praga shahridagi Karlov va "Life Sciences" universitetlari hamkorligida xalqaro konferensiya o‘tkazish;
 

- taʼlim yo‘nalishlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish;
 

- xorijiy professor-o‘qituvchilarni institutdagi dars jarayoniga jalb etish.
 

Malaka oshirish kursi yakunida vakillarimizga sertifikatlar topshirildi.

 

15:00 / 2023-08-20
Success helper
Success warning