“Xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi xalqaro tan olingan sertifikatlar” mavzusida seminar

“Xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi xalqaro tan olingan sertifikatlar” mavzusida seminar

Joriy yil 13-oktabr kuni Toshkent moliya institutida "Bank ishi" fakulteti “Xorijiy tillar” kafedrasi tashabbusi bilan O‘zDJTU soha mutaxassislari hamda  TESOLAsia International o‘quv markazi trenerlari  tomonidan “Xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi xalqaro tan olingan sertifikatlar” mavzusida seminar tashkil etildi.

 

Seminarda O‘zDJTU tadqiqotchisi Shaxnoza Murodova, TESOLAsia International o‘quv markazi administratori Sultonova Durdona, treneri Samadova Xilola,  Xorijiy tillar kafedrasi  pedagog xodimlari, Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti 4 kurs talabalari ishtirok etishdi.

 

Seminarda ma’ruzachilar Xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati, ularga qo‘yilgan talablar, imkoniyatlari haqida tinglovchilarga aniq faktlarga boy, qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etdi.

 

O‘zaro fikr almashish, muloqot tarzida kechgan seminarda tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.

16:57 / 2022-10-13
Success helper
Success warning