Yangi O'zbekistonda el aziz, inson aziz

Yangi O'zbekistonda el aziz, inson aziz

2022-yil 4-oktabr kuni “Menejment va marketing” kafedrasi tomonidan kafedra haftaligi doirasida “Yangi O'zbekistonda el aziz, inson aziz” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbir doirasida kafedra dotsenti., PhD. Sobirjonov Sanjar Sobirjonovich Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish, erishilgan yutuqlarni mustahkamlab, tub islohot jarayonlarini yangi bosqichga ko‘tarish, inson huquq va manfaatlari, uning qadri, sha’ni va g‘ururini yetakchi o‘ringa olib chiqish ustuvor vazifamizga aylangan hozirgi vaqtda yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlash, davlatimizning hududiy yaxlitligi va bo‘linmasligi, sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlash, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik va hamjihatlikni mustahkamlashga intilish ko‘p millatli xalqimizni yanada birlashtiradigan, yuksak marralarga safarbar etadigan beqiyos kuchga aylanib borayotganligi xususida so‘z yuritdi.

 

Shuningdek, talabalarni bugungi tinch va erkin hayotni qadrlab, shukronalik tuyg‘usi bilan yashashga, inson qadrini ulug‘lash lozimligi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.

 

17:55 / 2022-10-05
Success helper
Success warning