Yorqin Abdullayev tavalludining 80 yilligi

Yorqin Abdullayev tavalludining 80 yilligi

Toshkent moliya institutida 18-mart kuni “Iqtisodiyot, boshqaruv, soliqlar va sug‘urta” kafedrasi professori, iqtisod fanlari doktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, oliy taʼlim aʼlochisi Yorqin Abdullayev tavalludining 80 yillik yubileyi va ilmiy pedagogik faoliyatining 60 yilligiga bag‘ishlangan “Raqamli iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida statistika tizimini yana-da takomillashtirish” nomli ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

 

 

Konferensiyani institut rektori, prof. T.Teshabayev ochib berdi. Shundan so‘ng, so‘z Respublika Nuroniylar jamg‘armasi raisi muovini Sh. Ubaydullayevga berildi va ular tomonidan Yorqin Abdullayevga “Birinchi darajali Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni taqdim etildi.

 

 

 

Konferensiyada akademik S.G‘ulomov, YODJU rektori J.Xudoyberganov, professorlar: B.Goipnazarov, N.Xaydarov, S.Ismoilov, M.Saidov, A.Ayubjonov, N.Mamatov, F.Karimov, T.Malikov, I.Yakubovlar so‘zga chiqib Professor Yorqin Abdullayev tomonidan statistika muammolari bo‘yicha 5 ta monografiya, 7 ta darslik, 50 dan ziyod o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar chop etilganligi hamda uning rahbarligida 5 nafar fan doktori va 17 nafar fan nomzodini tayyorlab, respublikamizda ilmiy - pedagogik kadrlarni tayyorlashga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotganligi alohida taʼkidlandi.

 

 

 

 

 

 

 

Sizni, 80 yoshga to‘lishingiz munosabati bilan, jamoamiz nomidan muborakbod etamiz! Kelgusi ishlaringizda hamda yosh avlodni kelajagimizning munosib davomchilari etib tarbiyalashdek ulkan salahiyatli ishingizda omad yor bo‘lishida muvaffaqqiyatlar tilab qolamiz!

19:05 / 2022-03-18
Success helper
Success warning