Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha institut 2-sonli talabalar turar joyida profilaktik tadbir tashkil etildi

Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha institut 2-sonli talabalar turar joyida profilaktik tadbir tashkil etildi

 

Joriy yilning 8-oktabr kuni Toshkent moliya institutida “Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish dolzarb vazifa” mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi.
 

Mazkur yig‘ilishda Olmazor tumani “Yoshlik” talabalar shaharchasi hokimiyati bosh mutaxassisi B.Ismatov, Olmazor tumani 4-IIB boshlig‘i kapitan D.Ismoilov, 4-IIB JQB boshlig‘i podpolkovnik X.Usmanov, 4-IIB XPB boshlig‘i kapitan F.Yo‘ldashev, institut profilaktika inspektori, katta leytenant A.Qodirov, institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchisi O‘.Jo‘rayev,  talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘lim bosh mutaxassisi J.Butayev hamda ustoz-murabbiylar hamda talabalar ishtirok etishdi.







Tadbirda so‘zga chiqqanlar yurtimizda aholining tinch-osoyishta hayot kechirishini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashishga qaratilgan juda muhim va samarali ishlar o‘zining ijobiy natijalarini berayotganini qayd etdilar.
 

Muloqot tarzida o‘tgan davra suhbatida mutaxassislar tomonidan yoshlar o‘zlarining qiziqtirgan barcha savollariga batafsil javob oldilar.

22:21 / 2022-10-10
Success helper
Success warning