Sportchi talaba-qizlarimizga zafarlar tilaymiz!

Sportchi talaba-qizlarimizga zafarlar tilaymiz!


Joriy yilning 12-15 oktabr kunlari Qozog‘iston Respublikasining  Nur-Sulton shahrida  belbog‘li kurash bo‘yicha Jahon Chempionati bo’lib o’tishi rejalashtirilgan.

Quvonarlisi, mazkur nufuzli turnir uchun institutimiz talabasi ham yo’llanmani qo’lga kiritdi😊

Xususan,  4-8 oktabr kunlari O‘zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya va sport universitetida Jahon Chempionati uchun yo’llanma beriladigan belbog‘li kurash bo‘yicha saralash bosqichidan “Moliya” fakulteti 1-kurs MXVKM-70-guruh talabasi Abdunabieva Farangiz birinchi o’rinni🥇 egallab, yo’llanmani qo’lga kiritdi. 



Talabamiz Abdunabieva Farangizga Jahon Chempionatida yutimiz bayrog’ini yuqoriga ko’tarishini tilab qolamiz🙏🥇🇺🇿

“Universiada-2022” sport musobaqalarining Respublika saralash bosqichiga Toshkent moliya instituti “Moliyachi” terma jamoasidan 5 nafar talaba-qizlari: I-83 guruh talabasi Abdusattorova Marg‘uba Abdurasul qizi, MMT-87 guruh talabasi Turg‘unova Ug‘iloy Nosirjon qizi, BI-52 guruh talabasi Turg‘unova Oydinoy Nosirjon qizi, BI-50 guruh talabasi Axmadjonova O‘g‘iloy No‘monjon qizi va  MMT-52 guruh talabasi Badriddinova Mohibegim Shavkat qizi sportning gandbol turi bo‘yicha Toshkent shahar ayollar terma jamoasi tarkibiga kiritildi😍✅

Sportchi qizlarimizga Xalqaro va Respublikamizdagi turnirlarda omad va zafarlar tilaymiz!

 

17:00 / 2022-10-06
Success helper
Success warning