TAYINLOV !

TAYINLOV !

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i bilan Sultonali Umaraliyevich Mexmonov Toshkent moliya institutining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi.

Sultonali Mexmonov 1974-yil Qirg‘iziston Respublikasida tug‘ilgan.

1996-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

Ilmiy darajasi va unvoni: iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Xorijning nufuzli oliy ta’lim muassasalari, jumladan, Buxarest iqtisodiy fanlar universiteti (Ruminiya), Krakov iqtisodiyot universiteti (Polsha), Rossiya davlat neft va gaz universiteti (Rossiya) kabi qator xorijiy oliy o‘quv yurtlarida ilmiy izlanishlar olib borgan.

Shu kunga qadar Toshkent moliya institutining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori lavozimida ishlagan.





O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i bilan Alimnazar Xudjamuratovich Islamkulov Toshkent moliya institutining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi.

Alimnazar Islamkulov 1980-yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan.

2005-yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan.

Ilmiy darajasi va unvoni: iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.

Xorijning nufuzli oliy ta’lim muassasalari, jumladan, Koblenz amaliy fanlar universiteti (Germaniya), Bazel boshqaruv instituti (Shveysariya), Inson resurslarini boshqarish milliy instituti (NHI) (Janubiy Koreya)da ilmiy izlanishlar olib borgan.

Shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining iqtisodiyot va moliya kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan.


 

14:53 / 2021-12-14
Success helper
Success warning