2-sonli talabalar turar joyidagi holat bo'yicha RASMIY BAYONOT.

2-sonli talabalar turar joyidagi holat bo'yicha RASMIY BAYONOT.

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent moliya institutining 2- sonli talabalar turar joyida 17-mart kuni 8 nafar talabada koronavirus aniqlangani va ushbu yotoqxona 14 kunlik karantinga olingani haqida xabarlar tarqaldi.

 

Xabarlar matni davomida talabalar dori darmonasiz va oziq-ovqatsiz qolib ketishgani hamda tashqariga chiqishga ruxsat berilmagani qo’shimcha qilingan.

 

Ushbu xat yuzasidan instituning rasmiy bayonoti.

 

Mazkur xabarda keltirilgan 2-talabalar turar joyida haqiqatdan ham talabalarda koronavirus aniqlangani va infeksiya tarqalishini oldini olish maqsadida yotoqxona talabalari karantinga olingani hamda xavfsizlik nuqtai nazaridan ularning tashqariga chiqishlariga ruxsat berilmayotgani rost.

 

Ammo talabalar dori darmonsiz va oziq-ovqatsiz qolib ketgani haqidagi ma’lumotlar yolg’on. Institut raxbariyati tomonidan tayinlangan TTJ bo’yicha mas’ul - Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig’i Narbayev O’ktam Tilovkobulovich rahbarligida 2-sonli talabalar turar joyida karantinga olingan 40 nafar talaba birlamchi oziq-ovqat maxsulotlari va hudud tibiiyot hodimlari, jihozlar va dori vositalari bilan to’liq ta’minlangan.

10:12 / 2021-03-20
Success helper
Success warning