E'lon
Respublika hududlarida joylashgan davlat oliy taʼlim muassasalaridan mos va turdosh yoʻnalishlar boʻyicha oʻqishini koʻchirish (tiklash) boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan va dastlabki oʻrganishda oʻqishi koʻchirilishi tavsiya etilgan talabgorlar (roʻyxat va OTMga aniq tashrif sanalari ilova qilinmoqda) oʻqishni koʻchirish yuzasidan yakuniy qaror qabul qilish uchun 10-11- sentabr kunlari quyidagi hujjatlar bilan Talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha institut komissiyasi
(J-o‘quv binosi, 1-etaj) ga murojaat qilishlari so‘raladi:
pasport yoki ID karta nusxasi (asli bilan);
reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik maʼlumotnoma yoxud transkript nusxasi (bittasi bo‘lsa kifoya);
“transfer.edu.uz” orqali ro‘yxatdan o‘tkazilgan onlayn ariza nusxasi;
uzrli sabab tufayli o‘qishni ko‘chirayotganlar uchun uzrli sabablarni asoslovchi hujjatlarning asli (to‘liq).
Oʻqishi koʻchirilishi tavsiya etilgan talabalarning (uzrli sabablar mavjud holatda) bazaviy yoki (uzrli sabablar mavjud bo‘lmagan holatda) tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida koʻchirilishi uzrli sabablarni asoslovchi hujjatlarning asli koʻrib chiqilgandan soʻng belgilanadi.
Pandemiya sharoitidan kelib chiqib, Institutga tashrif buyurishda jadvaldagi sanalarga qat’iy amal qilishingiz so’raladi.
Izoh: Mazkur e’lon faqatgina Respublika hududlarida joylashgan davlat oliy taʼlim muassasalaridan mos va turdosh yoʻnalishlar boʻyicha oʻqishini koʻchirish (tiklash) boʻyicha tavsiya etilgan talabgorlarga tegishli.
Eslatma: Talaba tomonidan taqdim etilgan (topshirilgan) hujjatlarning qalbakiligi aniqlansa, u holda oliy taʼlim muassasasi talabalari safidan chetlashtiriladi hamda bu haqda belgilangan tartibda huquqni muhofaza qilish organlariga xabar qilinadi (Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-sonli qarori).