Xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat universitetlardan o‘qishi ko‘chirish uchun imtihon topshirgan talabalar diqqatiga!

Xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat universitetlardan o‘qishi ko‘chirish uchun imtihon topshirgan talabalar diqqatiga!

Xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat universitetlardan o‘qishi ko‘chirish uchun imtihon topshirgan talabalar diqqatiga!

2021 yil 23-25 avgust kunlari Davlat test markazi tomonidan o‘tkazilgan maxsus test sinovlari natijalari bo‘yicha 66,1 ball va undan yuqori ball to‘plagan talabalar 13-18 sentabr kunlari Toshkent moliya instituti (J-o‘quv binosi, 1-etaj) ga murojaat qilishlari so‘raladi.

O‘zingiz bilan quyidagilarni olib kelishingiz lozim:

1 Pasport asli va nusxasi (2 ta nusxa);

2 Rasm 3,5 x 4,5  (6 dona)

3 Talabaning xorijiy universitetda fanlardan o‘zlashtirgan baholarini aks ettiruvchi akademik ma’lumotnoma yoki transkript;

4 Talabaning transfer.dtm.uz dagi shaxsiy profilidan yuklab olingan ariza qayd varaqasi nusxasi.

5 Xorijiy oliy ta’lim muassasasining akkreditatsiyasini tasdiqlovchi hujjati.

O‘tish bali 66,1 hisoblanadi.

66,1 balldan past ball olganlar super-kontraktni to‘lab amalga oshirish mumkin.

Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirishda o‘tkaziladigan maxsus sinov natijasiga ko‘ra belgilanadigan kontrakt-to‘lovi miqdorlari to‘g‘risida ma’lumot

Ball miqdori

Kontrakt to‘lovi miqdori

1

66,1 ball va undan yuqori

bazaviy to‘lov-kontrakt

2

65,1 66,0 ball

bazaviy to‘lov-kontraktning 1,5 barobari

3

64,1 65,0 ball

bazaviy to‘lov-kontraktning 2 barobari

4

63,1 64,0 ball

bazaviy to‘lov-kontraktning 2,5 barobari

5

62,1 63,0 ball

bazaviy to‘lov-kontraktning 3 barobari

6

56,7 62,0 ball

Davlat komissisyasi tomonidan belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdorida

7

56,6 ball va undan kam

Davlat komissisyasi tomonidan belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt minimal miqdorining 2 barobari miqdorida

 

Eslatma: Talaba tomonidan taqdim etilgan (topshirilgan) hujjatlarning qalbakiligi aniqlansa, u holda oliy taʼlim muassasasi talabalari safidan chetlashtiriladi hamda bu haqda belgilangan tartibda huquqni muhofaza qilish organlariga xabar qilinadi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil
22-iyundagi PQ-5157-son
Qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-sonli Qarori).

 

 

 

16:55 / 2021-09-09
Success helper
Success warning