Toshkent moliya instituti QVZ final bosqichi boʻlib oʻtdi

Toshkent moliya instituti QVZ final bosqichi boʻlib oʻtdi

 

 

30-noyabr kuni Yoshlar ijod saroyida Toshkent moliya instituti QVZ finali boʻlib oʻtdi. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

QVZ juda yuqori kayfiyatda, kutilgan va kutilmagan chiqishlarga boy tarzda boʻlib oʻtdi. Unda talaba-yoshlar o‘zlarining aktyorlik mahoratini namoyish qilish bilan birga, talabalar orasida uchraydigan bir qancha muammolar yumor orqali tilga olinib, ularga yechim berildi. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Jarayonda jami 6 ta jamoalar 3 ta shart bo‘yicha bellashdilar. Ularning chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan odilona baholab borildi. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

QVZ final natijalari:

1 - oʻrin: "Dekanning jiyanlari" jamoasi (Iqtisodiyot fakulteti);
2- oʻrin: "G'aznachilar" jamoasi (Budjet hisobi va g'aznachilik fakulteti);
3-oʻrin: "Bankirlar" jamoasi (Bank ishi fakulteti).

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Gʻolib jamoalarga mos ravishda 1-oʻrin uchun 20 mln., 2-oʻrin uchun 15 mln., 3-oʻrin uchun esa 10 mln. soʻm miqdorida pul mukofotlari berildi.

13:28 / 2023-12-01
Success helper
Success warning