“Eng yaxshi maqola” konferensiya-tanlovi gʻoliblari aniqlandi!
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb etish va ularning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori hamda “Toshkent moliya institutining 2021-yilda ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligini yanada oshirish, yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ilm-fanning innovatsion infratuzilmasini shakllantirish boʻyicha yoʻl xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosin taʼminlash maqsadida, Toshkent moliya institutining “Iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish” boʻlimi tomonidan tashkil etilgan “Eng yaxshi maqola” konferensiya tanlovi 2021-yil 28-sentyabr kuni boʻlib oʻtdi.
Tanlov Toshkent moliya instituti tashkil etilganligining 30 yilligiga bagʻishlangan boʻlib Institut iqtidorli talabalari oʻrtasida “Oʻzbekistonda bank, moliya hamda buxgalteriya hisobini rivojlantirishning dolzarb muammolari va ularning yechimlari” mavzusida “Eng yaxshi maqola” konferensiya-tanloviga 100 dan ortiq talabalar orasida 3 ta nominatsiya boʻyicha 1-,2-,3-oʻrinlar belgilab olindi.
Nominatsiyalar bo’yicha g’oliblar bilan tanishing.
“Eng dolzarb mavzudagi maqola” nominatsiyasi boʻyicha:
I oʻrin – Z.Shahriyorov;
II oʻrin – F.Qudratova;
III oʻrin – Z.K.Murtozayeva.
“Eng yaxshi ilmiy aoslangan maqola” nominatsiyasi boʻyicha:
I oʻrin – Sh.Erniyazova;
II oʻrin – J.M.Qilichev;
III oʻrin – N.Mannonov.
“Eng yaxshi innovatsion gʻoya” nominatsiyasi boʻyicha:
I oʻrin – Z.F.Umarova,
II oʻrin – M.Uktamova
III oʻrin – Y.Amanullayeva egalladilar.
Talabalar institut rektori faxriy yorligʻi hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.
TMI matbuot xizmati