Yevropa ittifoqi “Erasmus+” dasturining Oʻzbekistondagi milliy ofisi bilan hamkorlikda “Axborot kuni” tashkil etildi

Yevropa ittifoqi “Erasmus+” dasturining Oʻzbekistondagi milliy ofisi bilan hamkorlikda “Axborot kuni” tashkil etildi

Joriy yilning 14-dekabr kuni Toshkent moliya institutida  Yevropa ittifoqi “Erasmus+” dasturing Oʻzbekistondagi milliy ofisi bilan hamkorlikda “Axborot kuni” tashkil etildi.

 

Unda Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi Delegatsiyasi, Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlarning Toshkentdagi 11 ta elchixonasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat Inspeksiyasi vakillari, Vazirlik qoshidagi Oliy taʼlimni rivojlantirish va ilgʻor texnologiyalarni joriy etish ilmiy-tadqiqot markazi, tarmoq vazirliklari, oliy taʼlim muassasalarining xalqaro aloqalar boʻlimlari, “Erasmus+” loyihalari, Oliy taʼlim boʻyicha ekspertlar Milliy guruhi aʼzolari, institut professor-oʻqituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

Tadbirda Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari ishtirok etishi mumkin boʻlgan barcha yoʻnalishlar boʻyicha “Erasmus+”  dasturi tomonidan 2023-yil eʼlon qilingan yangi tanlov haqida maʼlumot berish, barcha yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshirilayotgan loyihalarning aniq misollari va 2022-yilgi oldingi tanlov doirasida tanlangan yangi loyihalar mavzulari tanishtirildi.

 

Shuningdek, yakunlangan va amalga oshirilayotgan loyihalar natijalarini hisobga olgan holda oliy taʼlim tizimini rivojlantirishning dolzarb masalalari asosida Respublikaning barcha viloyatlardagi oliy taʼlim muassasalari vakillari oʻrtasida aloqalar oʻrnatish va yangi loyiha gʻoyalarini muhokama qilish imkoniyatini yaratib berish, oldin Tempus yoki Erasmus+ dasturlarida ishtirok etmagan yangi oliy taʼlim muassasalar vakillari uchun loyihalarni tayyorlash boʼyicha uslubiy yordam koʻrsatish tadbir maqsadi hisoblanadi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Tadbirda Erasmus+ dasturining dolzarbligi, uning xilma-xil faoliyati va uzoq muddatli hamkorlik imkoniyatlari hamohang boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konseptsiyasida belgilangan maqsadlarga erishishga xizmat qilishi taʼkidlab oʻtildi.

 

 

 

2017-2021-yillarga Oʻzbekiston oliy taʼlim tizimi uchun tub oʻzgarishlar va oliy taʼlim sifatini oshirish boʻyicha muhim qarorlar qabul qilingan davr boʻldi, bu esa jadal rivojlanayotgan xalqaro hamkorlikning dolzarbligi va muhim rolini sezilarli darajada oshirdi. Uning muhim tarmoqlaridan biri Erasmus+ dasturi boʻlib, hozirda respublikaning barcha hududlaridan jami 65 ta oliy taʼlim muassasalari qamrab olingan.

 

 

Toshkent moliya institutida tashkil etilgan xalqaro ahamiyatga molik bu kabi tadbirlar unstitutning xalqaro faoliyatidagi ilmiy salohiyatini oshirishda muhim omillardan biri boʻlib xizmat qiladi.

15:33 / 2022-12-14
Success helper
Success warning