Yutuqlar xatosiz bo‘lmaydi
Joriy yilning 22-oktabr kuni Toshkent moliya instituti “Soliqlar va sug‘urta” fakulteti “Axborot tizimlari va raqamli texnologiyalar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “Kafedra haftaligi” doirasida “Yutuqlar xatosiz bo‘lmaydi” mavzusida maʼnaviy – maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.
Unda kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etishdi.
Mazkur tadbir mehmonlari Belorus Respublikasi Lerna xalqaro kompaniyasining strategik rivojlanish bo‘yicha direktori, sotsiologiya fanlar nomzodi, dotsent Litvinovich Vladimir Mixaylovich hamda Toshkent moliya instituti “Ijtimoiy fanlar kafedrasi” dotsenti, siyosiy fanlar nomzodi Xayrulla Fayzullayevich Umarovlarni shu kunga qadar bo‘lgan faoliyati hamda yutuqlari haqida gapirib o‘tdi.
Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq javob oldilar.