Maktablarda taʼlim-tarbiya jarayonini yaxshilash borasidagi amaliy ishlar

Maktablarda taʼlim-tarbiya jarayonini yaxshilash borasidagi amaliy ishlar

Joriy yilning 11-aprel kuni Toshkent moliya institutida maktablarida taʼlim-tarbiya jarayonini yaxshilash yuzasidan biriktirilgan oliy taʼlim muassasalarining aprel-may oylarida amalga oshiradigan chora-tadbirlar taqvimiy rejasi ijrosini taʼminlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi masʼul xodimlari, Toshkent shahar xalq taʼlimi boshqarmasi, Yunusobod tumani, Toshkent viloyati, Zangiota va Toshkent tumanlari xalq taʼlimi bo‘limi boshliqlari hamda maktab direktorlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 

 

 

 

Taʼkidlash kerakki, Toshkent moliya institutiga Yunusobod tumaniga qarashli 43ta, Toshkent tumanida 31ta hamda Zangiota tumanidagi 39ta, jami 113 ta maktab biriktirilgan. Yig‘ilishda biriktiruvga asosan tuman xalq taʼlimi bo'limi tasarrufidagi maktablar bilan tanishib, hamkorlikni yo‘lga quyish bo‘yicha aniq maqsadli vazifalar belgilab olindi. Bunda asosiy vazifa etib maktablarda taʼlim sifatini oshirishda institut pedagog-xodimlari faol ishtirokini taʼminlash belgilandi.

 

 

 

Yig‘ilishda maktablarga institut fakultetlari, kafedralari biriktirilib, maqsadli ishni tashkil etish, maktablarda taʼlim-tarbiya jarayonini yaxshilash yuzasidan reja asosida tizimli ishlar olib borilishi kelishib olindi.

 

 

 

20:24 / 2022-04-11
Success helper
Success warning